Логотип кондитерской Меренга

Desertlar

Bu shunchaki shirinliklar emas – bu boshqa narsa. Toshkentdagi “Merenga” qandolat do’konidagi eng sara desertlardan tatib ko’ring va ularning boy ta’midan bahramand bo‘ling. Har bir retsept shirinlik, nordonlik va xushbo’ylikning benuqson muvozanatiga erishish uchun eng kichik detallarga qadar hisob qilingan

Логотип кондитерской Меренга

Siz uchun eng mazali desert qaysi?

Mukammal shirinlikning ta’mini tatib ko’rishni xohlaysizmi? Bunga bizning qandolatchilik do’konimizdan buyurtma qilib shirinlik sotib olishingiz kifoya. Lazzat kafolatlanadi! Biz tabiiy, yangi ingredientlardan tayyorlangan mahsulotlarni taklif qilamiz. Bu klassik retseptlarga asoslangan chinakam mazali shirinliklardir. Bugun qay birini ta’tib ko’rmoqchisiz?

    • “Brauni” pirogi – turli xil variantdagi har bir kishining sevimli shokoladli deserti: klassik, olchali yoki nokli.
    • «San Sebastian» chezkeyki – kremli mayin asos va singib pishgan xushbo’y qobiqni o’zida mujassamlashtirgan tvorogli shirinlik.
    • Sehrli engil limon tarti – shveytsariya merengasi, shirin va nordon kurd va og’izda eriydigan bodom unidan tayyorlangan qumsimon xamir.
    • Tiramisu – bu Tiramisu-“Savoyardi” pechenyesi va maskarpone pishloqiga asoslangan nozik desert. Barcha uning klassik qaymoq-qahvali ta’mini tatib ko’rishi shart!
    • Matcha choyli handon pista ruleti – mayin ko’pirtirilgan qaymoq bilan uyg’unlashtirilgan malina lazzatining cho’qqisidir.
    • Matcha choyli “Nyu-York” tvorogli chezkeyki – bu engil tvorog ta’mi va mavsumiy rezavorlarning ajoyib balansidir.
    • Merenga ruleti – yangi rezavorlar va qaymoq kremli likobchadagi shirin bulutcha.

Shirinlikka buyurtma berishga qaror qildingizmi? Uni saytdagi katalogdan tanlab olsangiz kifoya. Istalgan sanadan ikki kun oldin buyurtma bering. Biz faqat yetkazib berish bo’yicha ishlaymiz.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Instagram
Telegram
Menyu