Логотип кондитерской Меренга

Ketogen desertlar

Parhez ta’qiqlari haqida unuting va o’zingizga noz-ne’mat ulashing –shakar va glyutensiz tayyorlangan keto desertlarni tanlang. Bu bizning qandolatchilarimiz tomonidan ketogen parhezga rioya qiluvchi odamlar uchun yaratilgan, mazali, nozik ta’mga ega noyob shirinliklardir. Tez uglevodlar haqida tashvishlanmang. Bizning keto desertlarimizda ularning miqdori minimal. Faqat sog’lom oqsillar va yog’lar mavjud.

Ketogenik desertlar hamma uchun!

Dietologlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan noyob retseptlar tufayli, keto dietada ham desertlarga ruxsat beriladi. “Merenga” qandolatchilari bor mahorat va bilimlarini ishga solib, parhezda taqiqlangan masalliqlardan foydalanmasdan tayyorlangan pazandalik durdonalarini yaratdilar. Bu diabetga chalinganlar uchun ham, o’z qomatini saqlashga harakat qilayotganlar uchun ham juda to’g’ri keladi.

Barcha desertlar bug’doy unisiz tayyorlanadi. Tayyorlashda nozik qaymoqli mascarpone pishlog’i, bodom uni, mevalar, rezavorlar, tvorog, agava siropi, steviya, chinor siropi, loviya, kasava, amarant uni, psilium ishlatiladi!

Логотип кондитерской Меренга

Keto dietasida bo’lganda o’z desertingizni tanlang

Vazn yo’qotayotganlar uchun desertlarning keng tanlovini taklif qilamiz:

  • Mazali tvorogli keto desertlar – rezavorli, karamelli yoki shokolad ta’mi bilan keto chizkeyk.
  • Sabzi Keto torti – yong’oq va tvorog kremli engil to’rtcha.
  • Nozik chirmab oluvchi ta’mga ega sehrli keto asal to’rti.
  • Keto «Zaxer» – juda shirin bo’lmagan desertlarni yoqtiruvchilar uchun shokolad va qovoq pyuresi kombinatsiyasi.
  • To’yingan shokolad ta’mini yoqtiruvchilar uchun tvorog va olcha bilan to’ldirilgan «Brauni» shokoladli keto deserti.
  • “Esterhazy” keto to’rti shokolad bilan to’ldirilgan klassik avstriya desertidir.

Agar qomatingiz yoki sog’ligingiz haqida qayg’urayotgan bo’lsangiz, o’zingizni qiynamang! Keto desertni yeng va uning na’midan rohatlaning. Biz siz uchun shirinlikning eng maqbul variantini topamiz: glyutensiz, laktozasiz yoki shakarsiz. Biz faqat yetkazib berish bo’yicha ishlaymiz, shuning uchun Toshkentda keto desertini xarid qilishga faqat onlayn buyurtma berishingiz mumkin. Desertlarga istalgan sanadan kamida ikki kun oldin buyurtma berish uchun so’rov qoldiring yoki menejerga qo’ng’iroq qiling.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Instagram
Telegram
Menyu