Логотип кондитерской Меренга

To’rtlar

Hech bir bayram yoki muhim voqea desertlarsiz o‘tmaydi, shuning uchun to’rtni bemalol eng bayramona shirinlik deb atash mumkin. Bizda uyingizdan chiqmasdan Toshkentda to’rt xarid qilishingiz va bayramingiz uchun chiroyli bezatilgan mazali desertni tanlashingiz mumkin. Buyurtmalarni belgilangan sanadan kamida ikki kun oldin qabul qilamiz!

Логотип кондитерской Меренга

Har bir bayram uchun maxsus tortni tanlang.

Mehmonlarni bayram desertining nafis ta’mi bilan hayratda qoldirish uchun Toshkentdagi ‘’Merenga’’ qandolat do’konidan tortga buyurtma berishingizni taklif qilamiz. Biz katalogda eng mashhur va mazali tortlarni to’pladik. Zamonaviy o’ziga hos dizayn bolalikdan beri sevimli bo’lgan afsonaviy shirinliklarni jozibali va ishtahali qiladi.

Ta’bingizga va bayramning ko’lamiga qarab, siz konservantlar va zararli ingredientlarsiz tabiiy mahsulotlardan foydalangan holda tayyorlangan tayyor tort sotib olishingiz mumkin.

Agar siz tanlashda  qiynalsangiz va nimadan boshlashni bilmasangiz, eng mashhur variantlarni taklif qilamiz:

  • yengillik va o’rtacha shirinlikni sevuvchilar, albatta, «Rafaello», «Qush suti», «Kievskiy», «Graflar xarobalari» ni qadrlashadi;
  • shokoladli «Zaxer», «Dobosh», «Vupi», «Praga» – shokoladning boy ta’mini sevuvchilar uchun ideal variantlardir;
  • klassikalarni yoqtirasizmi? «Qizil baxmal», «Medovik», «Esmeralda», «Shvartsvald», singdirilgan korjli va mazali kremlar bilan «Napoleon». Tanlangan turidan qat’i nazar, «Merenga» dan harid qilingan tort 23 fevral, 8 mart, tug’ilgan kun va boshqa har qanday bayram uchun eng yaxshi tanlov bo’ladi.

Lekin bizning shirinliklarimiz nafaqat bayram dasturxonini to’ldiradi. Agar siz shunchaki mazali va xushbo’y desert bilan o’zingizni siylamoqchi bo’lsangiz, buyurtma asosida tayyorlangan tort ish kunining ajoyib yakuni bo’ladi.
Barcha pishiriqlarga oldindan buyurtma beriladi, shuning uchun siz bayramingiz uchun yangi, aynan siz ucnun tayyorlangan tortga ega bo’lasiz.

Yetkazib berish xizmati bilan tortga buyurtma berish uchun saytdagi arizani to’ldiring va menejerning javobini kuting, u tafsilotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog’lanadi. Biz sizning xohishingizga ko’ra original tort dizaynini yaratishimiz, esdalik yozuvini yoki tematik dekorni qo’shishimiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Instagram
Telegram
Menyu